Fevral — matematika va informatika fan oyligi

Bizning maktabimizda an’anaviy «Matematika va informatika» fan oyligi bo’lib o’tdi. 1 fevral kuni erta tongdan Fan oyligimizning ochilishi  katta tantana ko’rinishda bo’ldi. O’quvchilar katta ekranda namoyish etilayotgan matematika va informatikaga hissa qo’shgan olimlar, turli qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo’lishdi. O’qituvchi va o’quvchilar «Matematik loto», «Informatik loto» larda qatnashib sovg’alar olishdi. 17-fevral kuni maktabimiz o’quvchilari 70-maktabda o’tkazilgan «Biz Al-Xorazmiy izdoshlarimiz» deb nomlangan maktablar aro matematika fanidan bellashuv bo’lib otdi. 9-«V» sinf o’quvchisi Abbosov Farruhbek sovrinli 3-o’rinni egalladi tuplagan bali 84.Boshlang’ich sinflarda ham matematika oyligiga qatnashib ochiq darslar o’tkazdilar.

20160211_10391220160211_1045131429950510_al-horazmiy-22650903-3d-small-people-rewarding-of-winners23f6a067599ae98276b159b7685c0abf_XL20151215_092707 20151215_093410 20151215_102934 20151215_113808 20151215_113824 20151219_091136 20151219_091321 20151219_091419 20151219_091429 20151219_091503 20151223_094803 20151223_094839

 

Published in: |on 20 февраля, 2016 |No Comments »

O’lkamizda Navro’z ayyomi shukuhi hamon davom etmoqda…

Diyorimizga fasllar kelinchagi bahor bilan birga  milliy bayramlimiz bo’lmish «Navro’zi olam»kirib keldi…

«Navro’z  ayyomi»ga maktabimizda o’zgacha tayyorgarlik ko’riladi. Bayram nishonlanadigan kun ertalabdan «Ko’klam taomlari»sinflararo ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi,  bu tadbir  maktab MMIBDO’ N.Sopiyeva boshchiligidagi «Yosh ijodkorlar»to’garagining a’zolari tayyorlagan bayram tadbiriga ulanib ketdi… Tadbirga taniqli «MANGO» GURUHIning chiqishlari o’zgacha zavq bag’ishladi…Изображение 429 Изображение 430 Изображение 433 Изображение 434 Изображение 435 Изображение 436 Изображение 437 Изображение 438 Изображение 440 Изображение 441 Изображение 442 Изображение 446 Изображение 447 Изображение 449 Изображение 452 Изображение 453 Изображение 455 Изображение 456 Изображение 463 Изображение 464 Изображение 472 Изображение 473 Изображение 479 Изображение 482 Изображение 484 Изображение 487 Изображение 491 Изображение 493 Изображение 495 Изображение 501 Изображение 514

Published in: |on 14 апреля, 2015 |No Comments »

Tuman olimpiadasi

9,10 yanvar kunlari tumanimizdagi 274 maktabda tuman olimpiadasi bo’lib o’tdi. Boshqa maktablar qatori 122-maktab o’quvchilari ham ushbu olimpiadaga faol ishtirok etishdi. Tarix fanidan Allaberganova Munisa, Informatika fanidan Shukurov Sarvar, Huquq fanidan Normurodova E’zoza, O’zbek tilidan Golibbayeva Xusniya, Matematika fanidan Abdumannopova Shaxlolar sovrinli o’rinlarga erishishdi. Bu o’quvchilarimiz maktabimiz faxrlari hisoblanishadi. Bu natijalar zamirida esa o’qituvchilarimizning  mehnati yotadi.Photo3847

Published in: |on 17 января, 2015 |No Comments »

Olamshumul voqea

Maktabimizda yana bir olamshumul, quvonchli voqea sodir bo’ldi. 9-«A» sinf o’quvchisi  Xurshida Xakimova«Zulfiyaxonim» nomli sharafli unvonga ega bo’ldi. Sport yo’nalishidagi erishgan yutuqlari

Published in: |on 29 марта, 2014 |No Comments »

«Orasta qizlar» konkursi

Maktabimizda «Orasta qizlar» ko’rik — tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 9-«A»  hamda 9-«B» sinf qizlari  ishtirok etishdi. Orasta qizlar rang-barang, qiziqarli shartlar bo’yicha bellashdilar.  Oradan ko’p  o’tmay «Orasta qizlar»dan ilhomlangan o’g’il bolalar  «Balli yigitlar»tanlovini  o’tkazishdi.

Published in: |on 29 марта, 2014 |No Comments »

E’LON

2014-2015 o’quv yili uchun rus sinflarda tarix, matematika, geografiya fanlarini o’qitishga bo’sh ish o’rinlariga o’qituvchilar taklif etiladi.

Published in: |on 27 марта, 2014 |No Comments »

TABRIKNOMA

Butun O’zbekiston  xotin-qizlarini 122-maktab jamoasi bahor bayrami bilan qutlaydi. Dunyodagi barcha ezgu tilaklar sizlar uchun…

Published in: |on 8 марта, 2014 |No Comments »

Fevral — matematika va informatika fan oyligi

Bizning maktabimizda an’anaviy «Matematika va informatika» fan oyligi bo’lib o’tdi. 1 fevral kuni erta tongdan Fan oyligimizning ochilishi  katta tantana ko’rinishda bo’ldi. O’quvchilar katta ekranda namoyish etilayotgan matematika va informatikaga hissa qo’shgan olimlar, turli qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo’lishdi. O’qituvchi va o’quvchilar «Matematik loto», «Informatik loto» larda qatnashib sovg’alar olishdi. O’qituvchilar va maktabga kelgan ota-onalar   «Ulushlar» mavzusidagi «To’rt ulushlari»dan o’z ulushlarini olib tanovvul qilishdi. Ushbu oydagi har bir matematika va informatika darslari  «Ochiq dars» bo’ldi. An’anaviy «Shashka musobaqalari», har xil  konkurslar  o’tkazildi. 1 mart kuni esa fan oyligimizning yopilishi yanada ko’tarinki ruhda o’tdi,  o’tkazilgan konkurslar g’oliblari taqdirlandilar.  Tadbir tadbirga ulanib ketdi. Dushanba 3 mart kuni fizika, kimyo, biologiya metod birlashma a’zolari barcha 122-mktab ahliga bahoriy kayfiyat ulashishdi, fan oyliklarining ochilish tadbirini o’tkazdilar…

Published in: |on 8 марта, 2014 |No Comments »

Noyabr — RUS TILI fan oyligi

Shu kunlarda maktabimizda rus tili fan oyligi o’tmoqda… Fan oyligi ko’tarinki ruhda boshlandi..1 noyabr kuni ertalab 2ta o’quvchi rus milliy kiyimda, qo’llarida «non va  tuz» bilan barcha o’qituvchilarni kutib oldilar. Tantanali lineykadan so’ng darslar boshlandi. Darsda va tanaffuslarda rus tilida gaplashiladi… Konkurslar, ochiq darslar bo’lib o’tmoqda.

Published in: |on 15 ноября, 2013 |No Comments »

1 Oktabr — Ustoz va Murabbiylar kuni

Bugun maktabimizda bayramga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Bayram tadbiri  3 tilda — o’zbek, rus va ingliz tilida olib borildi.

Unda ijro etilgan   she’r, qo’shiq va raqslar Ustozlarning dillarini xushnud qildi.

122-maktab jamoasi barcha Ustoz va Murabbiylarni kasb bayramingiz bilan qutlaydi…

 

 

Published in: |on 30 сентября, 2013 |No Comments »